
PF-94 14.06.2023 yil MA’MURIY ISLOHOTLAR DOIRASIDA TRANSPORT SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVINI SAMARALI TASHKIL QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
- Quyidagilar:
Transport vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Transport vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish dasturi 2-ilovagamuvofiq;
Transport vazirligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Transport sohasini raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari 4-ilovagamuvofiq;
Transport sohasini tubdan isloh qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq;
Transport vazirligining xususiy sektorga o‘tkaziladigan funksiyalari ro‘yxati 6-ilovagamuvofiq tasdiqlansin.
- Transport vazirligi tuzilmasida quyidagilar:
Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi negizida Transport vazirligi huzurida Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilsin hamda unga Transport vazirligining 269 ta shtat birligi o‘tkazilsin;
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi negizida ta’lim muassasasi shaklida Transport vazirligi huzurida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilsin;
“O‘zavtotranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi” DUK “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MChJ etib qayta tashkil etilsin;
Transport vazirligi huzurida xodimlarining umumiy cheklangan soni 36 shtat birligidan iborat bo‘lgan davlat muassasasi shaklidagi yagona integrator “Raqamli transport” markazi tashkil etilsin.
Belgilansinki, “Raqamli transport” markazi Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda, 2024-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili 20 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
- Belgilansinki, Transport vazirligi amaldagi vazifalari va funksiyalari bilan bir qatorda:
avtomobil yo‘llari va yo‘l xo‘jaligi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlari asosida avtomobil yo‘llari va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilaydi, avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantiradi;
yo‘l xo‘jaligi sohasida investitsiya va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
yo‘l xo‘jaligi sohasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi hamda ushbu hujjatlar loyihalarini Transport vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashda ko‘rib chiqadi.
- Belgilansinki:
- a) Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil, temir yo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten va yo‘l xo‘jaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
- b) Transport nazorati inspeksiyasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
avtomobil, temir yo‘l, suv, elektr transporti va metropolitenda tashish xavfsizligini ta’minlash yuzasidan o‘z vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshirish;
avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan avtomobilda xalqaro tashishlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
yuk va yo‘lovchilarni tashishda haydovchilarning hamda lokomotiv brigadalari ishchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish;
respublika hududida (Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari bundan mustasno) avtotransport vositalarining ruxsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish;
temir yo‘l infratuzilmasi obyektlari va harakat tarkibini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali ularni hisobga olish va yagona reyestrni yuritish;
- v) Transport nazorati inspeksiyasiga o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun quyidagi vakolatlar beriladi:
avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashish, temir yo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten hamda yo‘l xo‘jaligi sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
avtotransport vositasida yuk va yo‘lovchilar tashish qoidalarining buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida aniqlanganda, avtotransport vositasini yuk va yo‘lovchi tashishni nazorat qilish bo‘yicha statsionar va mobil postlarda tekshirish uchun to‘xtatish.
- Quyidagi nazorat tadbirlarini Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning ruxsatisiz, uni xabardor qilmasdan, “xavfni tahlil etish” tizimini qo‘llamagan holda (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda) amalga oshirishga ruxsat etilsin:
Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan fuqaro aviatsiyasi tashkiloti va korxonalarida parvozlar xavfsizligiga rioya etilishi yuzasidan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlarida belgilangan rejali va to‘satdan tekshiruvlar o‘tkazish;
Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish qoidalariga rioya etilishini tashish jarayonida reydlar o‘tkazgan holda nazorat qilish.
Belgilansinki, Transport nazorati inspeksiyasi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilib, “xavfni tahlil etish” tizimini qo‘llamagan holda temir yo‘l transportida harakat va tashishlar xavfsizligi, yuk va yo‘lovchilarni tashish qoidalari hamda yo‘l qurilishi obyektlarida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruvlarni o‘tkazadi.
- Transport vazirligiga:
O‘zbekiston Respublikasi bilan avtomobilda xalqaro tashishlar sohasida xalqaro shartnomalar mavjud bo‘lmagan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan o‘zaro kelishilgan shartlarda yuklarni avtomobilda xalqaro tashishga ruxsatnomalar ayirboshlash;
xalqaro transport xizmatlari bozorida milliy manfaatlarni himoya qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishda xorijiy davlatlarning tashuvchilariga yuklarni avtomobilda xalqaro tashishga ruxsatnomalarning milliy tashuvchilar ehtiyojidan ortiqchasini realizatsiya qilish huquqi berilsin.
- Belgilansinki, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi amaldagi vazifalari va funksiyalari bilan bir qatorda:
aviatsiya ma’muriyati vakolatlari doirasiga kiradigan fuqaro va eksperimental aviatsiya havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti standartlarini O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalariga tatbiq etish bo‘yicha qaror qabul qiladi;
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti standartlari (SARPS/PANS/SUPPS) va O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari amaliyoti o‘rtasidagi sezilarli farqlarni aniqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Aeronavigatsiya ma’lumotlari to‘plamida e’lon qilish tartibini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
- Milliy transport kommunikatsiyalari orqali xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda mamlakatning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida 7-ilovagamuvofiq tarkibda O‘zbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish idoralararo kengashi tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish idoralararo kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
milliy transport kommunikatsiyalari orqali tranzit tashuvlarini oshirish hamda yo‘lbo‘yi infratuzilmasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
respublika hududi bo‘ylab o‘tuvchi tranzit yo‘laklarining raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
tranzit bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro normalar va talablarga muvofiqlashtirish, tranzit tartibotlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga asoslantirilgan takliflar kiritish.
- Tashqi ishlar vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Latviya Respublikasidagi elchixonalarida transport masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimini joriy etish choralarini ko‘rsin.
- Vazirlik va idoralar 2023-yil yakuniga qadar axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan transport sohasiga oid elektron ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish maqsadida 8-ilovagamuvofiq idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini Transport vazirligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilsin.
- Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-sentabrga qadar jamoat transportida tashuvlar sifatini yaxshilash va xizmatlar jozibadorligini oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashuvchilar reytingini joriy etish yuzasidan qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Transport vazirligi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Transport nazorati inspeksiyasini ma’muriy islohotlar doirasida bo‘shayotgan binolarga beg‘araz joylashtirishni ta’minlasin.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 9-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi PQ-4705-son qarorio‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
- Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
- Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 14-iyun,
PF-94-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga 1-ILOVA
Transport vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
Quyidagilar Transport vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
- a) integratsiyalashgan yagona transport tizimi shakllantirilishini inobatga olgan holda iqtisodiyot va aholining transport xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga yo‘naltirilgan yagona davlat yo‘l-transport siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- b) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkil etish;
- v) jamoat transporti tizimini kompleks rivojlantirish, transport xizmatlari sifati, ommabopligi va xavfsizligini ta’minlash, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish choralarini ko‘rish;
- g) transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek sohaga investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan muvozanatlashgan tarif siyosatini olib borish;
- d) transport xizmatlari bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, mulkchilik shaklidan qat’i nazar transport korxonalari faoliyat yuritishida teng sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rish;
- e) respublikaning tranzit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, milliy transport tizimining jahon transport tizimiga integratsiyasini chuqurlashtirish, logistika tizimini takomillashtirish;
- j) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shuningdek, davlat dasturlarini shakllantirgan holda avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;
- z) foydalanuvchilar manfaatlarini hisobga olgan holda samarali transport infratuzilmasini rivojlantirishning kompleks yechimlarini ishlab chiqish;
- i) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalar, shuningdek, metropoliten, temir yo‘l va suv transportidagi avariyalar hamda halokatlar bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish;
- k) transport tizimini raqamlashtirish hamda sohaga ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish hisobiga transportning barcha turlarini integratsiya qilish hamda foydalanuvchilar uchun interaktiv xizmatlar ko‘lamini kengaytirish;
- l) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobiga xalqaro transport xizmatlari bozorida O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ta’minlash;
- m) joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda ta’limning zamonaviy innovatsion usul va standartlarini tizimli ravishda joriy etish, transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga 2-ILOVA
Transport vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil etish
DASTURI
T/r | Qayta tashkil etilayotgan tashkilotning amaldagi to‘liq (rasmiy) nomi | Tashkil etilayotgan tashkilotning taklif qilinayotgan to‘liq (rasmiy) nomi | Tashkil etilayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar | |
1. | Transport vazirligi huzuridagiTemir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi. | Negizida Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasitashkil etilmoqda. | Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi:
a) avtomobil, temir yo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten hamda yo‘l xo‘jaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi; b)avtomobil, temir yo‘l, suv, elektr transporti, metropolitenda tashishlar xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l xo‘jaligi bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga rioya etish yuzasidan o‘z vakolati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi. Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasifaoliyatini tashkil etish masalalari Vazirlar Mahkamasi qaroribilan belgilanadi. |
|
2. | Transport vazirligi huzuridagiYo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi. | |||
3. | Transport vazirligi huzuridagiAvtomobil transporti xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti. | Negizida Transport vazirligi huzuridata’lim muassasasi shaklida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutitashkil etilmoqda. | Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo va elektr transporti, metropoliten, shuningdek, yo‘l xo‘jaligi sohalari kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish masalalari Vazirlar Mahkamasi qaroribilan belgilanadi. |
|
4. | Transport vazirligi huzuridagiO‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi | |||
5. | Transport vazirligi huzuridagi“O‘zavtotranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi” DUK | Transport vazirligi huzuridagi“Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MChJetib qayta tashkil etilmoqda. | Transport vazirligi huzuridagi“Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MChJtransport sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar, tajriba-sinov, loyihalash va ekspertiza ishlarini o‘tkazish, standartlash, sertifikatlashtirish va transport tizimini modellashtirish ishlarini amalga oshiradi va boshqa tijorat xizmatlarini ko‘rsatadi.
Transport vazirligi huzuridagi“Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MChJ faoliyati o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan Ustav bilan belgilanadi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga 3-ILOVA
Transport vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Transport vazirligi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi” DM | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi va hududiy transport boshqarmalari | “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK | Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi | Transformatsiya ofisi* | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaro aviatsiyasi agentligi | Toshkent davlat transport universiteti | Transport situatsion markazi* | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Transport ilmiy-tadqiqot markazi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Media markaz* | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Transport nazorati inspeksiyasi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Raqamli transport” markazi DM | “O‘zavtovokzalservis” | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Professional ta’lim muassasalari
(3 ta texnikum) |
“O‘zavtotransservis” | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Toshkent metropoliteni” DUK | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
* Zaruratga ko‘ra transport vaziri buyrug‘i bilan yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil qilinadi va tugatiladi hamda Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga4-ILOVA
Transport sohasini raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
Quyidagilar transport sohasini raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
- a) raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda respublika ichida yo‘lovchi va yuk oqimini o‘rganish orqali transportning barcha turlarini o‘z ichiga oluvchi Respublika transport modelini ishlab chiqish;
- b) transportning barcha turlari harakatini hamda yo‘lovchi va yuk tashish qoidalariga rioya etilishini onlayn kuzatish tizimini yaratish;
- v) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va tahlil qilish imkoniyatini beruvchi “Big Data” texnologiyasini joriy etish hamda uni transport xizmatlari bilan bog‘liq vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilish;
- g) xalqaro yuk tashuvlarida innovatsion texnologiyalarni (e-Permit, e-CMR) joriy etish hamda xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash va foydalanish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish;
- d) transport sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarini amalga oshirish;
- e) transport xizmatlari foydalanuvchilariga qulayliklar yaratish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida, transport sohasida ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar ulushini oshirish;
- j) transport tizimi korxonalari faoliyatiga axborot texnologiyalarini keng joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish hamda transport sohasidagi raqamlashtirish loyihalarini ishlab chiqish, monitoringini amalga oshirish va idoralararo muvofiqlashtirish;
- z) transport xizmati foydalanuvchilari bilan qayta aloqa o‘rnatish, transport sohasidagi islohotlarni keng jamoatchilikning taklif va e’tirozlari asosida amalga oshirish maqsadida “Mening transportim” mobil ilovasini ishga tushirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga5-ILOVA
Transport sohasini tubdan isloh qilish bo‘yicha
yo‘l xaritasi
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
I. Transport sohasida tizim tashkilotlari va soha korxonalarini transformatsiya qilish hamda davlat boshqaruvini samarali tashkil etish | ||||
1. | Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil iyul | Transport vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatining huquqiy mexanizmlarini belgilash.
Bunda: Transport vazirligining Temir yo‘l transportida avariya va halokatlarni tekshirish boshqarmasi, Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish boshqarmasi, Daryo transporti bo‘limi hamda hududiy boshqarmalarning avtomobilda tashishlar xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalarining vazifa va funksiyalari hamda vakolatlari Transport nazorati inspeksiyasiga o‘tkazilishi; Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining vazifa va funksiyalari hamda vakolatlari Transport nazorati inspeksiyasiga o‘tkazilishi; ilg‘or xorijiy tajriba asosida Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil iyul | Transport vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. | Temir yo‘l transporti sohasini rivojlantirish va isloh qilish. Bunda:
temir yo‘l transporti xizmatlarini ko‘rsatishda xususiy sektorga teng huquqli sharoitlar yaratish orqali raqobat muhitini rivojlantirish; tarif siyosatini takomillashtirish va uni shaffofligini ta’minlash; biznes-jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish; sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil avgust | Transport vazirligi,
Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosatini yuritishkonsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirishmaqsadida barcha rezident aviakompaniyalar uchunaviaqatnovlarni amalga oshirish va infratuzilmadan foydalanishda teng sharoitlar yaratish; rezident aviakompaniyalarga xalqaro reyslarni amalga oshirishda mahalliy yo‘nalishlarda ham parvozlarni bajarish amaliyotini joriy etish; mahalliy aviaqatnovlar uchun subsidiya ajratishning mavjud tizimini xususiy rezident aviakompaniyalarga ham keng tatbiq etish orqali yo‘lovchilarga arzon narxlarda aviatashuv xizmatlarini ko‘rsatishva ichki aviatashuvlar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish; parvozlar geografiyasini kengaytirish, respublikamizga xorijiy sayyohlar oqimini oshirishva aviatsiya bozorini liberallashtirish maqsadida, “ochiq osmon” rejimi va havo erkinligini qo‘llash uchun xalqaro me’yorlarga muvofiq aviatsiya hukumatlari o‘rtasida kelishuvga erishish hamda rezident aviakompaniyalar manfaatlarini inobatga olgan holda teng huquqli imkoniyatlar yaratish; respublika aeroportlarida yo‘lovchilar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda noaviatsion xizmat turlarini kengaytirishuchun zarur sharoitlar yaratish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil avgust | Transport vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar |
5. | O‘zbekiston Respublikasi orqali tranzit yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha Milliy tranzit strategiyasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil dekabr | Transport vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
6. | Transport nazorati inspeksiyasining vakolati doirasida transportda yuk va yo‘lovchi tashishni nazorat qilishni kuchaytirish choralarini ko‘rish hamda ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini Transport nazorati inspeksiyasiga o‘tkazish yuzasidan qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi | 2023-yil oktyabr | Transport vazirligi,
Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
7. | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish:
vagon va konteynerlarni xarid qilishga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar uchun qo‘llaniladigan imtiyozlarni tatbiq etish; xususiy operatorlarni vagonlardan ijara asosida foydalanish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar doirasida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilish. |
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi | 2023-yil oktyabr | Transport vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
8. | Xalqaro moliya institutlari kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xodimlari va Transport nazorati inspeksiyasining inspektorlarini Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) talablari asosida malakasini oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Transport vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
II. Transport sohasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish va raqamlashtirish darajasini oshirish | ||||
9. | Yirik xalqaro konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda, transport sohasida ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlarni auditdan o‘tkazish va raqamlashtirilmagan biznes jarayonlarni aniqlab, xalqaro tajriba asosida transport sohasini raqamlashtirish yagona konsepsiyasini ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil iyul | Transport vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan airports” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar |
10. | Mobil aloqa operatorlari bilan birgalikda aholining mobilligini oshirish hamda transport turlarini kengaytirish maqsadida hududlar bo‘yicha aholi oqimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning (shaxsga doir ma’lumotlarni inobatga olmagan holda) idoralararo elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil mart | Transport vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
11. | Geoaxborot tizimi (GAT) texnologiyalari asosida transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi infratuzilma obyektlarining elektron ID-reyestrini yuritish hamda geoaxborot ma’lumotlar bazasini bosqichma-bosqich ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil dekabr | Transport vazirligi,
Kadastr agentligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi |
12. | Transport turlari harakati va avtomobil yo‘llarini onlayn kuzatish imkoniga ega transport situatsion markazini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil dekabr | Transport vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Avtomobil yo‘l�ari qo‘mitasi |
13. | Transport xizmati iste’molchilari bilan qayta aloqa o‘rnatish, transport sohasidagi islohotlarni keng jamoatchilik taklif va e’tirozlari asosida amalga oshirish maqsadida “Mening transportim” mobil ilovasini ishga tushirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil dekabr | Transport vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
14. | Temir yo‘l infratuzilmasi, harakat tarkibi va temir yo‘l obyektlarini elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va yagona reyestr tizimini bosqichma-bosqich ishlab chiqish.
Bunda: birinchi bosqichda umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar; ikkinchi bosqichda vazirlik va idoralarga qarashli temir yo‘llar; uchinchi bosqichda o‘zining temir yo‘llari va harakat tarkibiga ega yuridik shaxslarni mazkur tizimga kiritish. |
Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Transport vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
15. | Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston davlatlari bilan avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlashda “E-Permit” axborot tizimini joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil dekabr | Transport vazirligi,
Bojxona qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
16. | “Xavfli yuk” axborot tizimini ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil may | Transport vazirligi,
Bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
17. | Respublikada yuk tashuvlari va logistika xizmatlarini raqamlashtirish orqali ta’minot zanjiri ishtirokchilari uchun “E-logistika” axborot tizimini ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil avgust | Transport vazirligi,
Bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi |
18. | Shaharlararo-viloyatlararo avtobuslarga GPS qurilmalarini o‘rnatish orqali onlayn rejimda harakat jadvallarini kuzatish tizimini joriy etish | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyun | Transport vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar |
19. | Parvoz jadvallarini idoralararo elektron kelishish tizimini ishlab chiqish.
Bunda, parvoz jadvallarini idoralararo kelishishni raqamlashtirish orqali amaldagi ortiqcha byurokratiyadan voz kechiladi. |
Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil oktyabr | Transport vazirligi,
“Uzbekistan airports” AJ |
20. | Yo‘lovchi va yuklar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar tizimini (API/PNR) yagona darcha tamoyili asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashtirgan holda xavflarni baholash orqali davlat nazoratini tashkil etish platformasini joriy etish. Bunda:
loyihani davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqish; Raqamli transport markazini davlat sherigi etib belgilash; API/PNR ma’lumotlarni qabul qilishda tashuvchilarga har bir yo‘lovchi va yuk uchun yig‘im belgilash ko‘zda tutish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil fevral | Transport vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi |
21. | Temir yo‘l transporti sohasini 2023 — 2025-yillarda raqamlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. | Kompleks chora-tadbirlar dasturi | 2023-yil avgust | Transport vazirligi,
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar |
22. | Temir yo‘l transporti xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida “Yagona darcha” tizimini yanada takomillashtirish.
Bunda, tizimning tahliliy ma’lumotlarini shakllantirish modulini yaratish. Qo‘shni davlatlar temir yo‘llari axborot tizimlari bilan elektron tashish hujjatlari almashinuvini yo‘lga qo‘yish. |
Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil dekabr | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,
Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
23. | Temir yo‘l transportida elektron chiptalar sotish tizimini takomillashtirish.
Bunda: imtiyozli yo‘lovchilar (talabalar va pensionerlar)ga elektron chiptalar sotish imkoniyatini yaratish; “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan elektron chiptalar sotish tizimini integratsiya qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil sentyabr | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,
Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
24. | Temir yo‘l deposi faoliyatini to‘liq raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Aqlli depo” axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil dekabr | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,
Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
25. | “Temir yo‘l navigatsiyasi” yo‘lovchi poyezdlar harakatlanishining onlayn monitoringi axborot tizimini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil noyabr | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,
Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
26. | Temir yo‘l transportida sun’iy intellektdan foydalangan holda me’yordan ortiq yuk ortilgan yuk vagonlarini aniqlash axborot tizimini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil avgust | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,
Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
27. | Poyezdlarning bajarilgan harakati grafigini tuzish axborot tizimini joriy qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil sentyabr | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,
Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga 6-ILOVA
Transport vazirligining xususiy sektorga o‘tkaziladigan funksiyalari
RO‘YXATI
T/r | Funksiya | Vakolatli organ | Funksiyani xususiy sektorga o‘tkazish muddati |
1. | Daryo transportida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari: | Transport vazirligi | 2024-yil 1-chorak |
1.1. | kemalarni dastlabki texnik ko‘rikdan o‘tkazish | ||
1.2. | kemalarni har yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish | ||
1.3. | kemalarni navbatdagi va navbatdan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkazish. | ||
2. | Poyezdlarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha texnik tekshirishni tashkil etish va o‘tkazish hamda ularga belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini berish. | Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi | 2023-yil 3-chorak |
3. | Yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish.
Mavjud avtomobil yo‘llar va sun’iy inshootlarningtexnik holatini tekshirish,ularnidiagnostika qilish hamda foydalanish ko‘rsatkichlarini baholash. Shartnoma asosida yo‘l qurilishi obyektlarida laboratoriya sinovlarini o‘tkazish. |
2024-yil 1-chorak |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga 7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengash a’zolari
TARKIBI
I.R. Maxkamov | — | transport vaziri, Idoralararo kengash raisi |
A.Y. Mavlonov | — | Bojxona qo‘mitasi raisi, Idoralararo kengash raisining o‘rinbosari |
D.Sh. Sultanov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari |
B.N. Abidov | — | investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari |
G.G. Fazilov | — | tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari |
B.T. Abdullayev | — | ichki ishlar vaziri o‘rinbosari |
S.E. Xusanov | — | Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari — Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni |
B.T. Norqobilov | — | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi |
I.K. Ergashev | — | O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori |
B.Q. Yusupaliyev | — | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi |
X.N. Xasilov | — | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. |
A.A. Muminov | — | transport vaziri o‘rinbosari, Idoralararo kengash kotibi |
Izoh. Idoralararo Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga 8-ILOVA
Transport vazirligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadigan transport sohasiga oid idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasida mavjud hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan axborot va ma’lumotlar
RO‘YXATI
T/r | Ma’lumotni taqdim qiluvchi idoralar | Ma’lumot nomi |
1. | Ichki ishlar vazirligi | Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan ro‘yxatga olingan avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
texnik ko‘rikdan o‘tgan avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; “E-ma’muriy ish” platformasidagi avtomobilda yuk va yo‘lovchilar tashishda aniqlangan huquqbuzarliklar va ularga ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Respublikada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari va qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar. |
2. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi | Transport xizmatlari bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risida hamda ular tomonidan soliq va boshqa yig‘imlarning to‘lanishi to‘g‘risida, shuningdek, avtotransport xizmatlari eksporti to‘g‘risida ma’lumotlar;
transport vositalarining ijara shartnomalari to‘g‘risida ma’lumotlar; agregatorlar tizimini “Uztrans” tizimiga integratsiya qilgan holda yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyatida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ro‘yxat ko‘rinishida); milliy tashuvchilarning elektron hisobvaraq-fakturalariga muvofiq transport xizmatlaridan olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. |
3. | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | Transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar haydovchilarining mehnat staji, amaldagi ish joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. |
4. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi | Barcha transport turlarida yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi ma’lumotlar. |
5. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi | Transport infratuzilmalari va obyektlarini o‘z ichiga oluvchi Yagona geoaxborot ma’lumotlari. |
6. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi | Barcha transport vositalarida yuk va yo‘lovchi tashish hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
s�hada ko‘rsatilgan xizmatlarning hajmi, yalpi qo‘shilgan qiymati va sohada ko‘rsatiladigan xizmatlarga oid boshqa ma’lumotlar; transport (tashish va saqlash)sohasi va sohaga oid fuqarolik obyektlarini qurishda band aholi soni hamda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi; transport sohasidagi iste’mol narxlari indeksi va shunga oid boshqa ma’lumotlar. |
7. | Sog‘liqni saqlash vazirligi | Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan haydovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. |
8. | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi | “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining yo‘llarni loyihalash va qurishga oid ma’lumotlari. |
9. | Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi | “Shaffof yo’l” tizimi ma’lumotlari. |
10. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Sug‘urtalangan avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
transport korxonalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar va haydovchilarning sug‘urta ma’lumotlari. |
11. | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ | Yuk va yo‘lovchi tashishda mavjud tizimlar ma’lumotlari. |
12. | “Uzbekistan Airways” AJ | Yuk va yo‘lovchi tashishda mavjud tizimlar ma’lumotlari. |
13. | “Toshshahartransxizmat” AJ | Barcha mavjud tizimlar ma’lumotlari. |
14. | “Uzbekistan Airports” AJ | Aeroportlarda yuk va yo‘lovchi tashishdagi ma’lumotlar;
uchish, qo‘nish va yo‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son Farmoniga 9-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490-son Farmoniga 2-ilovaning24-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5584-son Farmonining 14-bandi “a” kichik bandida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatishdan tushadigan yig‘imlar summasi”;
to‘rtinchi xatboshidagi “5” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmonida:
- a) 1-ilovaning7-bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin
“ | ||||
7. Transport vazirligi | ||||
Transport vazirligi | 380 | 380 | ||
shu jumladan vazir o‘rinbosarlari soni | 3 | 3 | ||
1. | Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi | 334 | 334 | |
shu jumladan rais o‘rinbosarlari soni | 2 | 2 | ||
2. | Fuqaro aviatsiyasi agentligi | 61 | 61 | |
shu jumladan direktor o‘rinbosarlari soni | 1 | 1 | ||
3. | Transport nazorati inspeksiyasi | 348 | 348 | |
shu jumladan boshliq o‘rinbosarlari soni | 3 | 3 | ||
”; |
- b) 2-ilovada:
7.3-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transport nazorati inspeksiyasi”;
7.4-kichik bandi chiqarib tashlansin;
- v) 2a-ilovada:
7.3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | |||
7.3 | O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi | Transport nazorati inspeksiyasi | Inspeksiya “Uztransnadzor” |
“; |
7.4-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4143-son qarorida:
- a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
- b) 3-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi”;
- v) 1 — 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4545-son qarorida:
- a) 2-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Qo‘mita” so‘zi “Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
- b) 3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublika hududida (Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari bundan mustasno) avtomobil yo‘llari bo‘ylab og‘ir vaznli va/yoki yirik gabaritli avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun yig‘imlar undirish va ruxsatnomalar berish Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi;”.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Toshkent shahridagi metropoliten yer usti liniyasi uchun harakatlanuvchi tarkib vagonlarini xarid qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5463-son farmoyishining 3-bandi uchinchi xatboshisidagi “LIBORning 6 oylik stavkasiga yiliga 1,5 foiz qo‘shilgan stavkaga teng bo‘lgan, shu jumladan bankning qayta moliyalashtirish marjasi yiliga 0,5 foiz bo‘lgan” so‘zlari “yiliga 1 (bir) foizga teng bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son)