O‘zbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil ___-fevraldagi ____-son buyrug‘iga 6“b”-ilova

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlari to‘g‘risidagi

VAQTINCHALIK NAMUNAVIY NIZOM

3-bob. Bosh boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlarining
asosiy vazifa va funksiyalari

  1. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

hududlarning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish
va o‘sish omillarini tahlil qilish;

hududning geografik joylashuvi, mavjud tabiiy va mehnat resurslari, infratuzilma imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan o‘sish nuqtalari (drayver yo‘nalishlar) asosida kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiya va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, tuman (shahar)larni ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, chora-tadbirlar belgilash va monitoring qilish;

aholi turmush darajasi, tadbirkorlik va xizmatlar sohasi, hudud iqtisodiyotida tarmoqlarning rivojlanish darajasini tahlil qilish, ichki iste’mol bozorini rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash va muvofiqlashtirish;

hududlar infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish
va muvofiqlashtirish, urbanizatsiya darajasini tahlil qilish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarida iqtisodiy jihatdan samarali faoliyat turlarini rivojlantirishga qaratilgan master-rejalarni ishlab chiqish;

ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda hududni rivojlantirishning metodologik asoslari va yondashuvlari bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda tuman (shahar)lar bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining (keyingi o‘rinlarda – mahalliy budjetlar) loyihalarini tayyorlash hamda ularni ko‘rib chiqish uchun tegishliligiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga (keyingi o‘rinlarda – mahalliy hokimliklar) hamda Vazirlikka kiritish;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida kelgusi moliya yili uchun mahalliy budjetlar parametrlarini shakllantirib, ularni qabul qilish maqsadida hududiy vakillik organlariga (keyingi o‘rinlarda – xalq deputatlari Kengashlari) kiritish;

soliqlar va yig‘imlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshirish;

tegishli budjetlarning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoringni amalga oshirish;

tegishli budjetlar ijrosining budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini
qabul qilish;

bosh boshqarma hamda tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatida buyruqbozlik
va sansalorlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, inson huquqlari, erkinliklari
va manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, zimmasiga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning mas’uliyatini oshirish.

  1. Bosh boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
  2. a) hududlarning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish
    va o‘sish omillarini tahlil qilish
    sohasida:

hududlarning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqadi;

vazirlikka taqdim etish uchun tegishliligiga ko‘ra, mahalliy hokimliklarga qonunchilikda belgilangan muddatdan kechikmay kiritadi.

  1. b)hududning geografik joylashuvi, mavjud tabiiy va mehnat resurslari, infratuzilma imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan o‘sish nuqtalari (drayver yo‘nalishlar) asosida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiya va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirilishini muvofiqlashtirish sohasida:

hududning geografik joylashuvi, mavjud tabiiy va mehnat resurslari, infratuzilma imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan o‘sish nuqtalari (drayver yo‘nalishlar) aniqlaydi va rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

hududlarning rivojlantirishiga turtki beradigan o‘sish nuqtalari (drayver yo‘nalishlari) asosida kompleks iqtisodiy rivojlantirish strategiya va dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshirilishini muvofiqlashtirib boradi.

  1. d) hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, tuman (shahar)larni ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, chora-tadbirlar belgilash va monitoring qilish sohasida:

hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, tuman (shahar)larni ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

hududlarni iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish chora-tadbirlar ishlab chiqadi
va amalga oshirilishini monitoring qiladi.

  1. e) aholi turmush darajasi, tadbirkorlik va xizmatlar sohasi, hudud iqtisodiyotida tarmoqlarning rivojlanish darajasini tahlil qilish, ichki iste’mol bozorini rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash va muvofiqlashtirish sohasida:

hududlar demografik jarayonlari va aholi turmush darajasini tahlil qilib boradi
va takliflar tayyorlaydi;

tuman (shahar) va mahallalar iqtisodiyoti o‘sishiga turtki beradigan soha
va yo‘nalishlarni belgilash va tadbirkorlikni shu sohalarda rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

ta’lim, tibbiyot, sport va madaniyat sohalarida xususiy sektor faoliyati uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar tahlilini amalga oshirgan holda sohada xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi;

hududlarda va tarmoqlarda xizmatlar sohasini rivojlanish darajasining ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi va prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi, mavjud resurslar va imkoniyatlardan hamda xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar va yo‘l xaritalarini ishlab chiqadi va muvofiqlashtiradi;

xizmatlar sohasini rivojlantirish va sohada aholi bandligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va zamonaviy yangi xizmat turlarini joriy qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rib boradi;

xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

hududlar va tarmoqlar kesimida xizmatlar sohasini rivojlantirishda davlat
va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi;

hudud iqtisodiyotida tarmoqlarning rivojlanish darajasini tahlil qilib boradi
va muvofiqlashtiradi, xorijiy tajribani o‘rgangan holda takliflar tayyorlaydi;

ichki iste’mol bozori istiqbollarini tahlil qiladi, oziq-ovqat narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi va uni amalga oshiradi;

aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini inobatga olgan holda asosiy turdagi iste’mol tovarlari va xomashyo bilan ta’minlash darajasini tahlil qilib boradi hamda tarmoqda mavjud tizimli muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

  1. f)hududlar infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish
    va muvofiqlashtirish, urbanizatsiya darajasini tahlil qilish, noqishloq yer maydonlarida iqtisodiy jihatdan samarali faoliyat turlarini rivojlantirishga qaratilgan master-rejalarni ishlab chiqish
    sohasida:

tuman (shahar)da yo‘l-transport, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hududiy investitsiya dasturlari shakllantiradi va bajarilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;

ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni, jumladan kommunal sohani (suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik manbai, sanitar tozalash) rivojlantirish bo‘yicha tegishli dasturlarga kiritish uchun takliflar ishlab chiqadi;

hududlarni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari, investitsiya dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, investitsiya loyihalari bajarilishini doimiy tahlil qiladi va monitoringini amalga oshiradi;

urbanizatsiya holatini o‘rganadi, salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlaydi
va takliflar tayyorlaydi, sohaga oid dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi
va muvofiqlashtiradi;

hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish, jumladan master-rejalari ishlab chiqiladigan hududlarni tanlash, texnik topshiriqlarni ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi.

  1. g)ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda hududni rivojlantirishning metodologik asoslari va yondashuvlari bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda tuman (shahar)lar bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda hududni rivojlantirishning metodologik asoslari va yondashuvlari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

iqtisodiy siyosat, iqtisodiy va ijtimoiy rejalashtirish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va tuzilmaviy islohotlarni amalga oshirish sohasida barcha shahar
va tumanlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.

  1. h)budjet loyihasini tayyorlash hamda uni ko‘rib chiqish sohasida:

navbatdagi yil uchun fiskal strategiyani ishlab chiqish jarayonida daromadlar prognozlari, xarajatlarning (joriy xarajatlar hamda obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar) dastlabki miqdorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari bo‘yicha hisob-kitoblarni kelgusida Vazirlikka taqdim etish uchun tegishliligiga ko‘ra, mahalliy hokimliklarga qonunchilikda belgilangan muddatdan kechikmay kiritadi;

fiskal strategiya tasdiqlanganidan hamda mahalliy budjetlarning budjet so‘rovlarini tuzish, ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqida mahalliy hokimliklar qarori qabul qilinganidan so‘ng tumanlar va shaharlar hokimliklariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan (keyingi o‘rinlarda – viloyat budjeti) ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini, shuningdek, viloyat budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini yetkazadi;

viloyat budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar so‘rovlari, shuningdek, tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalarini ko‘rib chiqadi hamda qonunchilikda belgilangan muddatdan kechikmay Vazirlikka taqdim etadi;

budjet daromadlari prognozini ishlab chiqish jarayonida mahalliy hokimiyat organlari, davlat soliq xizmati va statistika organlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi;

tumanlar va shaharlar budjetlarini shakllantirishda standart yondashuvlarni ta’minlashga qaratilgan budjet tizimi va budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va Vazirlikka hamda mahalliy hokimliklarga kiritadi.

  1. i) budjet loyihasining qabul qilinishi, tasdiqlanishi hamda uning shakllantirilishi
    va tuzilishi jarayonida:

mahalliy budjetlarning navbatdagi yil uchun loyihalarini hududiy xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etish uchun hokimliklarga kiritadi;

mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlari yoyilmasini shakllantiradi, aniqlashtiradi hamda  Vazirlikka taqdim etadi;

davlat budjeti va mahalliy budjet daromadlari prognozini qonunchilikda belgilangan muddatda soliq organlariga yetkazadi;

hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hajmini yetkazadi;

hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini, shuningdek, ularga kiritilgan o‘zgarishlarni ro‘yxatga oladi.

  1. j) budjet ijrosini monitoring qilish, uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlanishi jarayonida:

moliya yili davomida qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy budjetlar parametrlariga o‘zgarishlar kiritadi;

soliqlar va yig‘imlar to‘liqligi va o‘z vaqtida kelib tushishi ustidan ularni manbalar kesimida monitoring qilish hamda monitoring natijalari bo‘yicha tumanlar va shaharlar budjetlarining daromad bazasini kengaytirish yuzasidan mahalliy hokimliklar va soliq idoralari bilan birgalikda tegishli takliflarni ishlab chiqadi;

hududiy mablag‘ taqsimlovchilarga ajratilayotgan budjet mablag‘larining samaradorligi va natijadorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, tegishli hududiy vakillik organlariga tasdiqlash uchun kiritadi hamda natijalari yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatda hisobot beradi;

soliq boshqarmalarining xulosalari asosida viloyat budjetlarining, tumanlar
va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘larini aniqlashtirish hamda qo‘shimcha manbalar hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarning maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosalar beradi;

tumanlar va shaharlar budjetlarida shakllangan qo‘shimcha manbalar mablag‘lari sarflanishini tahlil qilish hamda tahlil natijalariga ko‘ra xarajatlar samaradorligi
va natijadorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

aholini ommaviy axborot vositalari va  Vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali tasdiqlangan mahalliy budjetlar, budjet islohotlarining borishi va ularning amalga oshirilishi, mahalliy budjetlarning ijrosi, shuningdek, budjet qonunchiligidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qiladi;

tumanlar va shaharlar budjetlariga tegishli budjet transfertlarni o‘tkazib berish hamda nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshirishda vaqtinchalik kassa tafovuti yuzaga kelgan taqdirda budjet ssudalarini o‘rnatilgan tartibda qaytarish sharti bilan ajratadi;

jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish jarayonida qonunchilikda belgilangan vazifalarni bajarish hamda amalga oshirilgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari va mahalliy hokimliklarning rasmiy veb-sayti orqali yoritib boradi;

qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda jismoniy va yuridik shaxslarga respublika budjetidan ajratiladigan tegishli subsidiyalar bo‘yicha talabnomalarni qabul qiladi hamda Vazirlikka taqdim etadi;

viloyat budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlar va xarajatlarini tahlil qilish hamda tahlil natijalariga ko‘ra budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadlar va xarajatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

hududiy davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi boshqarmalari bilan hamkorlikda ish rejasiga muvofiq, muayyan davr uchun tumanlar va shaharlar budjetlari ijro etilishini moliyaviy nazoratdan o‘tkazish va natijalarini muhokama qilish, mahalliy hokimliklar ishtirokida budjet intizomining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan
chora-tadbirlar belgilaydi;

budjet tizimidagi budjet mablag‘laridan maqsadli, samarali va natijador foydalanish ustidan monitoringni amalga oshirish, qat’iy iqtisod qilish, budjet mablag‘larining talon-torojligini, maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan keng qamrovli profilaktika ishlarini olib boradi;

qonunchilikda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetlarning ijrosi to‘g‘risida hisobotlarni qabul qilish, tegishli tartibda tuzish hamda hududiy xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etish uchun mahalliy hokimliklarga, shuningdek, Vazirlikka kiritadi.

  1. k)budjet jarayonidagi boshqa munosabatlarda:

hududiy bo‘linmalar faoliyatining samaradorligini baholash tizimi asosida Bosh boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlarning ish faoliyati va ularga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi o‘rganib chiqqan holda qonunchilikda belgilangan muddatda baholash ishlarini amalga oshiradi hamda Vazirlikka taqdim etadi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli budjetlar daromadlari
va xarajatlari mutanosibligiga ta’sir qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi;

vakolatli hukumat komissiyasining qarorlari bo‘yicha tarkibiy o‘zgartirish
va moliyaviy sog‘lomlashtirish zarur bo‘lgan korxonalarning ishlab chiqarish
va moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganishda ishtirok etadi;

davlat budjetidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish bo‘yicha pudrat ishlarini bajarish uchun tanlov savdolari o‘tkazishda ishtirok etadi;

davlat investitsiya dasturlarini shakllantirish, budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni kelishishda ishtirok etadi;

iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishni monitoring qilishda ishtirok etadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartib va muddatda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;

Bosh boshqarmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.

  1. Tuman (shahar) bo‘limlarining asosiy vazifalari:

hududning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish
va o‘sish omillarini tahlil qilish;

hududning geografik joylashuvi, mavjud tabiiy va mehnat resurslari, infratuzilma imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan o‘sish nuqtalari (drayver yo‘nalishlar) asosida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiya va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

xizmatlar sohasini rivojlantirish, hudud iqtisodiyotida tarmoqlarning rivojlanishi va aholi turmush darajasini tahlil qilish va takliflar tayyorlash;

ichki iste’mol bozorini rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash va monitoring yuritish;

hududlar infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish
va muvofiqlashtirish, urbanizatsiya darajasini tahlil qilish;

tumanlar va shaharlar budjetlari loyihasini tayyorlash hamda uni ko‘rib chiqish uchun tegishligiga ko‘ra tumanlar va shaharlar hokimliklariga hamda Bosh boshqarmalarga kiritish;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida kelgusi moliya yili uchun tumanlar va shaharlar budjetlari parametrlarini tegishli xalq deputatlari shahar va tumanlar Kengashiga qabul qilish uchun kiritish;

tegishli budjetlarning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoringni amalga oshirish;

tegishli budjetlar ijrosining budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini qabul qilish, shuningdek, soliqlar va yig‘imlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshirish;

tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatida buyruqbozlik va sansalorlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, zimmasiga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning mas’uliyatini oshirish.

Tuman (shahar) bo‘limlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.

  1. Tuman (shahar) bo‘limlarining asosiy funksiyalari:
  2. a) hududning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish
    va o‘sish omillarini tahlil qilish
    sohasida:

asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqadi va tahlil qilib boradi;

asosiy iqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlarini tegishli tartibda boshqarmaga kelishish uchun kiritadi.

  1. b)hududning geografik joylashuvi, mavjud tabiiy va mehnat resurslari, infratuzilma imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan o‘sish nuqtalari (drayver yo‘nalishlar) asosida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiya va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish sohasida:

hududning rivojlantirishga turtki beradigan o‘sish nuqtalari (drayver yo‘nalishlari)ni aniqlaydi va amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

tuman(shahar)ni kompleks iqtisodiy rivojlantirish strategiya va dasturlarini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etadi, takliflar ishlab chiqadi va monitoringini yuritadi.

  1. d)xizmatlar sohasini rivojlantirish, hudud iqtisodiyotida tarmoqlarning rivojlanishi va aholi turmush darajasini tahlil qilish va takliflar tayyorlash sohasida:

hududda xizmatlar sohasini rivojlanish darajasining ko‘rsatkichlarini tahlil qilib boradi va prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi va monitoringini yuritadi;

mavjud resurslar va imkoniyatlardan hamda xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda hududda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar va yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi  va muvofiqlashtiradi;

xizmatlar sohasini rivojlantirish va sohada aholi bandligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va zamonaviy yangi xizmat turlarini joriy qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rib boradi;

hudud iqtisodiyotida tarmoqlarning rivojlanish darajasini tahlil qilib boradi
va takliflar tayyorlaydi;

hududlar demografik jarayonlari va aholi turmush darajasini tahlil qilib boradi
va takliflar tayyorlaydi;

tuman (shahar) va mahallalar iqtisodiyoti o‘sishiga turtki beradigan soha
va yo‘nalishlarni belgilaydi va tadbirkorlikni shu sohalarda rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

  1. e)ichki iste’mol bozorini rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash
    va monitoring yuritish
    sohasida:

ichki iste’mol bozori istiqbollarini tahlil qiladi, oziq-ovqat narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi va uni amalga oshiradi;

aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini inobatga olgan holda asosiy turdagi iste’mol tovarlari va xomashyo bilan ta’minlash darajasini tahlil qilib boradi hamda takliflar ishlab chiqadi.

  1. f) budjet loyihasini tayyorlash hamda uni ko‘rib chiqish jarayonida:

tegishli budjetlarning budjet so‘rovlarini tuzish va ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqidagi tumanlar va shaharlar hokimliklarining qarorlarini olganidan keyin kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga yetkazadi;

tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan taqdim etilgan budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqadi hamda Bosh boshqarmaga qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etadi;

budjet daromadlari prognozini ishlab chiqish jarayonida mahalliy hokimiyat organlari, davlat soliq xizmati va statistika organlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi.

  1. g) budjet loyihasining qabul qilinishi, tasdiqlanishi hamda ularning shakllantirilishi va tuzilishi jarayonida:

tumanlar va shaharlar budjetlarining navbatdagi yil uchun loyihalarini tegishli xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etish uchun tumanlar
va shaharlar hokimliklariga kiritadi;

tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari va xarajatlari yoyilmasini shakllantiradi, aniqlashtiradi hamda Bosh boshqarmaga taqdim etadi;

davlat budjeti va mahalliy budjet daromadlari prognozini qonunchilikda belgilangan muddatda tegishli davlat soliq inspeksiyalariga yetkazadi;

hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hajmini yetkazadi;

hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini, shuningdek, ularga kiritilgan o‘zgarishlarni ro‘yxatga oladi.

  1. h) budjet ijrosini nazorat qilish, uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlanishi jarayonida:

moliya yili davomida qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli tumanlar
va shaharlar budjetlar parametrlariga o‘zgarishlar kiritadi;

soliqlar va yig‘imlar to‘liqligi va o‘z vaqtida kelib tushishi ustidan ularni manbalar kesimida monitoring qiladi hamda monitoring natijalari bo‘yicha tumanlar va shaharlar budjetlarining daromad bazasini kengaytirish yuzasidan tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklar va soliq idoralari bilan birgalikda takliflarni ishlab chiqadi;

tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalari shakllanganligi bo‘yicha tegishincha davlat soliq boshqarmalarining xulosalari asosida aniqlashtiradi hamda qo‘shimcha manbalar hisobidan tadbirlarga mablag‘ yo‘naltirish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosalar beradi;

aholini ommaviy axborot vositalari va tuman (shahar) hokimliklarning rasmiy veb-sayti orqali tumanlar va shaharlar tasdiqlangan budjetlari, budjet islohotlarining borishi va ularning amalga oshirilishi, tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi, shuningdek, budjet qonunchiligidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qiladi;

tumanlar va shaharlar budjetlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlar va xarajatlarini tahlil qiladi hamda tahlil natijalariga ko‘ra budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadlar va xarajatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlab, Bosh boshqarmaga taqdim etadi;

budjet tizimidagi budjet mablag‘laridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi, qat’iy iqtisod qilish, budjet mablag‘larining
talon-torojligini, maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan keng qamrovli profilaktika ishlarini olib boradi;

qonunchilikda belgilangan muddatda tegishli tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi to‘g‘risida hisobotlarni qabul qiladi, belgilangan tartibda tuzadi va Bosh boshqarmaga yuboradi hamda tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklariga xalq deputatlari tegishli tumanlar va shaharlar Kengashlariga kiritish uchun taqdim etadi.

  1. i) budjet jarayonidagi boshqa munosabatlarda:

mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli tuman (shahar) budjeti daromadlari va xarajatlari mutanosibligiga ta’sir qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.

 

4-bob. Bosh boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlarining
huquq va majburiyatlari

 

  1. Bosh boshqarma quyidagi huquqlarga ega:

yuklatilgan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun hokimlikning tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari hamda boshqa tashkilotlardan ma’lumotlar so‘rash;

iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;

Bosh boshqarmaning tuman (shahar) bo‘limlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning malakali mutaxassislarini axborot-tahliliy materiallar va dasturiy hujjatlarni tayyorlashga kelishilgan holda jalb qilish;

statistik, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa hisobotlar, shuningdek, barcha hisob-moliya va boshqa masalalar bo‘yicha tashkilot va idoralar, ularga bo‘ysunuvchi organlar va xizmatlar uchun nazarda tutilgan hajm va muddatlarda boshqa zarur ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda beg‘araz asosda so‘rab olish;

mahalliy hokimiyat organlari, soliq idoralari, boshqa boshqaruv organlari
va tashkilotlardan mahalliy budjet loyihasini tuzish uchun zarur bo‘lgan
hisob-kitoblar, hisobot va boshqa ma’lumotlarni hamda ularning ijrosi bo‘yicha hisobotni so‘rab olish;

hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilardan belgilangan tartibda moliyaviy hisobotlarni, shuningdek, budjet hisobi va moliyaviy hisobot bilan bog‘liq zarur ma’lumotlarni olish;

 

viloyat budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ularning hududida shakllantiriladigan soliq tushumlarini hisobga olgan holda, o‘zaro hisob-kitoblar orqali daromad va xarajatlar o‘rtasida yuzaga keladigan kassa uzilishlarini tartibga solish orqali beriladigan daromadlarning tasdiqlangan hajmiga aniqliklar kiritish;

tumanlar va shaharlar budjetlariga vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun qaytarish sharti bilan viloyat budjetidan budjet ssudalarini berish;

o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish;

budjet, soliq va bojxona-tarif, moliya, davlat xaridlari sohalarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;

budjet mablag‘larini noqonuniy sarflash holatlari mavjud bo‘lgan, shuningdek, moliyaviy va boshqa hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda, tegishli tashkilot
va idoralar, hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilari rahbarlarini xabardor qilgan holda hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar (moliyalashtirish) to‘lanishini cheklash, zarur hollarda esa to‘xtatib qo‘yish;

tumanlar va shaharlar budjetlariga qaytarish sharti bilan ajratilgan budjet ssudasini va o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzdorliklarni quyi turuvchi budjetlarning g‘azna shaxsiy hisobvaraqlaridan so‘zsiz undirish;

hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilari rahbarlariga, ularning xodimlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish vaqtida ko‘rsatgan mas’uliyatsizliklari munosabati bilan ularga javobgarlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;

budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini buzgan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rahbar va mas’ul xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralarini ko‘rish;

hududning budjet va moliya sohalarida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari
va vakillarini davlat mukofotlariga tavsiya etish to‘g‘risida Vazirlikka takliflar kiritish huquqiga ega.

  1. Bosh boshqarma quyidagilarga majbur:

qonunchilik hujjatlari, Iqtisodiyot va moliya vaziri va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlari, shuningdek, Bosh boshqarmaga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida
va sifatli bajarish hamda bajarilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;

hududlarni rivojlantirish dasturlarining tegishli respublika dasturlari
va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlariga uzviy bog‘lagan holda o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishini ta’minlash;

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari, hududiy rivojlanish dasturlari va prognozlarining ijrosi to‘g‘risidagi obyektiv tahliliy ma’lumotlarni Vazirlikka taqdim etish.

Shuningdek, Bosh boshqarma:

Vazirlikning tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanishi;

Bosh boshqarma faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishi ta’minlanishi;

Vazirlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning sifati;

tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahrida budjet va moliya sohalarini rivojlantirishga doir takliflar tayyorlanishi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida budjet va moliya sohalarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;

tizimdagi tashkilotlar tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar maqsadli va samarali ishlatilishi uchun javob beradi.

  1. 15.Tuman (shahar) bo‘limlari quyidagi huquqlarga ega:

yuklatilgan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot materiallarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari
va boshqa tashkilotlardan so‘rash va olish;

iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘linmalari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning malakali mutaxassislarini axborot-tahliliy materiallar va dasturiy hujjatlarni tayyorlashga kelishilgan holda jalb qilish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Vazirlikning yuqori turuvchi bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;

mahalliy hokimiyat organlari, soliq idoralari, boshqa boshqaruv organlari
va tashkilotlardan tegishli tumanlar va shaharlar budjetlari loyihasini tuzish uchun zarur bo‘lgan hisob-kitoblar, hisobot va boshqa ma’lumotlarni hamda ularning ijrosi bo‘yicha hisobotni olish;

hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilardan belgilangan tartibda moliyaviy hisobotlarni, shuningdek, budjet hisobi va moliyaviy hisobot bilan bog‘liq zarur ma’lumotlarni olish;

budjet mablag‘larini noqonuniy sarflash holatlari mavjud bo‘lgan, shuningdek, moliyaviy va boshqa hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda, tegishli tashkilot
va idoralar, hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilari rahbarlarini xabardor qilgan holda hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar (moliyalashtirish) to‘lanishini cheklash, zarur hollarda esa to‘xtatib qo‘yish;

hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilari rahbarlariga, ularning xodimlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish vaqtida ko‘rsatgan mas’uliyatsizliklari munosabati bilan ularga javobgarlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;

budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini buzgan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rahbar va mas’ul xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik choralarini ko‘rish;

tegishli tuman (shahar)da budjet, moliya va davlat xaridlari  sohalarida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;

alohida fidokorlik, mehnatsevarlikni namoyon qilgan, o‘zining professional faoliyatida yuksak natijalarga erishgan tuman (shahar) budjet, moliya sohalari  xodimlarining nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga tavsiya etish bo‘yicha takliflarni kiritish.

  1. 16.Tuman (shahar) bo‘limlari quyidagilarga majbur:

qonunchilik hujjatlari, Iqtisodiyot va moliya vaziri va uning o‘rinbosarlari,
Bosh boshqarma rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni, shuningdek, bo`limga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda bajarilishi ustidan ta’sirchan nazorat olib borish;

hududiy rivojlanish dasturlarini tegishli respublika dasturlari va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlariga uzviy bog‘lagan holda ishlab chiqish uchun materiallarni tayyorlash tartibi, metodologiyasi, qoidalari va muddatlariga rioya qilish;

hududlarni rivojlantirish dasturlari va prognozlari ijrosining borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda boshqa so‘ralgan materiallarni ko‘rib chiqish uchun tuman (shahar) hokimi, Bosh boshqarmaga taqdim etishda muddatlilik, majmuaviylik
va sifatni ta’minlash;

o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Bosh boshqarmaga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning, shuningdek, o‘zlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati;

tumanlarda (shaharlarda) budjet va moliya sohalarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;

budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar maqsadli va samarali ishlatilishi uchun javob beradi.

 

5-bob. Bosh boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlari rahbariyatining funksional majburiyatlari

 

  1. 17.Yuklatilgan vazifalarga muvofiq Bosh boshqarma rahbarlariga quyidagi funksional majburiyatlar yuklatiladi:

Bosh boshqarma faoliyatini, jumladan bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari
va mutaxassislarining yuklatilgan vazifa va funksiyalarga muvofiq ishlarini tashkil etadi;

tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

hududning rivojlanish holatini sifatli baholashni olib boradi hamda Vazirlik rahbariyatiga uni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar va amalga oshirish mexanizmlarini kiritadi;

belgilangan tartibda boshqa vazifalarni bajaradi.

  1. 18.Tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlariga quyidagi funksional majburiyatlar yuklatiladi:

tuman (shahar) bo‘limi faoliyatini o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etadi;

mutaxassislari o‘rtasida topshiriqlarni taqsimlaydi, shuningdek, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;

Bosh boshqarma bilan doimiy hamkorlikni amalga oshiradi;

tizimli asosda hudud iqtisodiyotining rivojlanish darajasini tahlil qiladi;

bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda Bosh boshqarma rahbariyatiga va tuman (shahar) hokimiga taqdim etadi;

Bosh boshqarmaga xodimlarni rag‘batlantirish va bo‘lim xodimlariga intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi;

belgilangan tartibda boshqa vazifalarni bajaradi.