Muborak tumanda jamoatchilik fikri asosida «Ochiq byudjet» axborot portalida 2-mavsumning uchinchi bosqich yakunlari
Muborak tumanda jamoatchilik fikri asosida «Ochiq byudjet» axborot portalida 2-mavsumning uchinchi bosqich yakunlariga ko’ra, quyidagi 3 ta loyiha eng ko‘p ovoz to’plagan: 1-o’rin: Paxtakor MFY O’zbekiston ko’chasi ikkala mahallani bog‘lovchi yo’lni 6 m kenglikda 2 km Uzunlikda asfalt qoplamasi yotqizish: 1 320 000 000 so’m ajratiladi, Ovozlar soni – 4 664 ta; 2-o’rin: «Sariq» qishlog‘idagi «Umid nihollari» ko’chasini 1500 metr qismini asfalt qoplamasi yotqizish uchun: 1 250 000 000 so’m, Ovozlar soni – 4 395 ta; 3-o‘rin: Sariq MFY Sariq qishlog’i «Marhamat» ko’chasi 2000 metr asvalt yo’l qilish uchun: 1 200 000 000 so‘m, Ovozlar soni – 4 135 ta; 3 ta loyihaning jami miqdori 3 770 000 000 so‘m.