
Moliya vazirligi tomonidan budjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning birinchi darajali to’lovlari o’z vaqtida amalga oshirilib kelinmoqda
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi budjet tashkilotlarida ishlovchi hodimlarga ish haqi to’lovlarini o’z vaqtida to’lash bo’yicha zaruriy ishlar amalga oshirmoqda.
Ushbu muhim vazifalar ijrosini to’laqonli ta’minlash maqsadida, G’aznachilik bilan budjet tashkilotlari o’rtasida onlayn ravishda ma’lumotlar almashinuvi tizimli yo’lga qo’yilgan.
Joriy yilning 5-aprel kuniga G’aznachilik tomonidan budjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi hodimlarning budjet mablag’lari hisobidan mart oyi ikkinchi yarmi uchun jami 3 270,8 mlrd. so’mlik (96 foiz) ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar to’lab berildi.
Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarida budjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar uchun yakuniy hisob-kitoblar bo’yicha taqdim etilgan so’rovnomalarga asosan to’lab berilishi ta’minlanmoqda.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati