preloader
Изменить содержимое

About Us

We must explain to you how all seds this mistakens idea off denouncing pleasures and praising pain was born and I will give you a completed accounts off the system and expound.

Contact Info

Ishonch telefoni

(75) 672-27-54

Faol fuqarolar tashabbusi qo’llab-quvvatlanadi

Faol fuqarolar tashabbusi qo’llab-quvvatlanadi

2022-yilning birinchi choragida o’tkazilgan tashabbusli budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini qo’llab-quvvatlash hamda ilgari surilgan loyihalarda aks ettirilgan dolzarb muammolarni bartaraf etish va fukarolarniing ushbu jarayonlarda yanada faolligini oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4 apreldagi PQ-197 sonli “Tuman va shahar budjetlari mablag’larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo’naltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022-yilning fevral-mart oylari davomida o’tkazilgan tashabbusli budjet jarayonlarida fuqarolarimizni faol ishtirokini inobatga olgan holda g’olib deb topilgan 2 215 ta loyihalarga qo’shimcha, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to’plagan, lekin g’olib deb topilmagan jami 480 mingdan ortikrok ovoz berilgan 139 ta loyihalarni amalga oshirish uchun qo’shimcha ravishda respublika budjetidan 85,4 mlrd so’m mablag’ ajratilishi belgilandi.

Mazkur ajratilgan mablag’lar doirasida qo’shimcha ravishda fuqarolar tomonidan ilgari surilgan:

76 ta umumta’lim maktablarini joriy ta’mirlash va jihozlash;

23 ta mahallalarda ichimlik suvi tizimini yaxshilash;

13 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’mirlash va jihozlash;

5 ta sog’liqni saqlash tashkilotlarini ta’mirlash va jihozlash kabi loyihalar moliyalashtirilishi belgilandi. Qo’shimcha ravishda g’olib deb topilgan loyihalarning ro’yxati ilova qilinadi.

Ma’lumot uchun – 2022-yilning birinchi choragida o’tkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayoni natijalari bo’yicha fuqarolar tomonidan bildirilgan 2 215 ta loyiha g’olib deb topilganligi va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy budjet mablag’lari hisobidan 1,1 trillion so’m mablag’ ko’zda tutilgan.

Ushbu qaror natijasida 2022-yil 1-mavsum «Tashabbusli budjet» jarayonlarida fuqarolar tomonidan berilgan jami 6 mln 718 mingdan ortiq ovozlarning 4 mln 871 mingdan ortig’i, yoki jami berilgan ovozlarning 72,5 foizi g’olib takliflarga ovoz berganlar.

Shu bilan birga qaror bilan:

tuman va shahar halq deputatlari Kengashlari tomonidan har chorak yakuni bo’yicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni o’z vaqtida moliyalashtirilishi va bajarilishini baholab borashi;

tuman va shahar hokimlari har oy yakuni bilan kelgusi oyning 10 sanasiga qadar ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirilishi va tadbirlarni bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni jamoatchilikka e’lon qilib borishi;

jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni bajarilishi yuzasidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining hisobotlarini Oliy Majlis Senatida har chorak yakunida eshitib borish amaliyoti joriy etilishi;

g’olib deb topilgan loyihalarni bajarilishini Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi har yili yakunlariga ko’ra yakuniy nazoratdan o’tkazishi belgilandi.

Hurmatli fuqarolar! Tashabbusli budjet jarayonining kelgusi mavsumlarida ham faol ishtirok etgan holda o’z hududingizdagi mavjud muammolarni bartaraf etilishiga xissa qo’shing, tashabbus ko’rsating!

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Biz haqimizda

Bo'linma haqida

Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani moliya bo’limining rasmiy veb sayti. Veb saytdan materiallar olib foydalanilganda veb sayt nomi (manzili bilan birga) ko’rsatib o’tilishi shart. Barcha huquqlar himoyalangan.