O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-dekabrdagi PF–269-son Farmoniga muvofiq tashkil qilingan.

Vazirlik tarmoqlararo o‘zaro bog‘liqlik va muvozanatni inobatga olgan holda mamlakatni o‘rta va uzoq muddatlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, budjet, soliq va bojxona-tarif sohalarida, shuningdek, moliya bozori, sug‘urta, fuqarolarning pensiya ta’minoti, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot sohasida, budjet tashkilotlari va budjet oluvchilarni moliyalashtirish, monopolist korxonalarning tovar va xizmatlari uchun narx belgilash, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining strategik makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlariga erishishni ta’minlash funksiyalarini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.

Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, Vazirlik huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi hisobraqamlariga ega.

Vazirlikning rasmiy nomi:

a)davlat tilida: to‘liq nomi – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
qisqartmasi–Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

  1. b) rus tilida: to‘liq nomi – Министерство экономики и финансов Республики Узбекистан, qisqartmasi–Минэкономфин;
  2. d) ingliz tilida: to‘liq nomi – Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi–MEF.

Vazirlikning joylashgan joyi:

Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi,

45a-uy, Istiqlol ko‘chasi 29-uy, 100017.

Vazirlik tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi:

  • Soliq qo‘mitasi
  • Bojxona qo‘mitasi
  • Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi
  • G’aznachilik xizmati qo‘mitasi
  • Kadastr agentligi
  • Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi
  • Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi
  • Budejtdan tashqari pensiya jamg‘armasi
  • Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi
  • Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti
  • «Maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markazi» DUK
  • «Fond bozorining axborot resurs markazi» DUK
  • Moliya-iqtisod sohasi xodimlari malakasini oshirish markazi
  • «Axborot texnologiyalari markazi» DUK
  • Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi
  • Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi
  • Budjet-soliq ilmiy-tadqiqotlar instituti
  • Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda tashkil etilgan loyihalarni muvofiqlashtirish guruhlari

Faoliyatning me’yoriy-huquqiy asoslari

Moliya boshqarmasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Nizomga va boshqa me’yoriy aktlarga amal qiladi.

Asosiy funksiya va huquqlari

Qashqadaryo viloyat hokimligi moliya boshqarmasi davlat boshqaruvi organi hisoblandi va yagona soliq-budjet siyosatini tashkil etish faoliyatini amalga oshiradi. Qashqadaryo viloyat hokimligi moliya boshqarmasi tizimiga: shahar va tuman hokimliklarining moliya bo’limlari kiradi.

Moliya boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi

Qashqadaryo viloyat mahalliy budjeti loyhasini tayyorlash, tasdiqlash, uning bajarilishini ta’minlash, mahalliy byudjetning bajarilganligi haqidagi hisobotni tayyorlash va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish.

Moliya boshqarmasi zimmasiga yuklatigan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi

Iqtisodiyotni rivojlanishi hamda aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida soliq siyosati va soliqqa tortish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish;

Budjetga soliq va boshqa tushumlarni, shuningdek davlat mulkini xususiylashtirishdan hamda davlat ulushiga hisoblangan dividendlar tushishi ustidan nazorat olib boradi;

Berilgan vakolati doirasida budjet mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanishi hamda davlat ulushi bo’lgan xo’jalik subyektlarda moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qiladi.