1. a) hududning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish
    va o‘sish omillarini tahlil qilish
    sohasida:

asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqadi va tahlil qilib boradi;

asosiy iqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlarini tegishli tartibda boshqarmaga kelishish uchun kiritadi.

  1. b)hududning geografik joylashuvi, mavjud tabiiy va mehnat resurslari, infratuzilma imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan o‘sish nuqtalari (drayver yo‘nalishlar) asosida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiya va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish sohasida:

hududning rivojlantirishga turtki beradigan o‘sish nuqtalari (drayver yo‘nalishlari)ni aniqlaydi va amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

tuman(shahar)ni kompleks iqtisodiy rivojlantirish strategiya va dasturlarini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etadi, takliflar ishlab chiqadi va monitoringini yuritadi.

  1. d)xizmatlar sohasini rivojlantirish, hudud iqtisodiyotida tarmoqlarning rivojlanishi va aholi turmush darajasini tahlil qilish va takliflar tayyorlash sohasida:

hududda xizmatlar sohasini rivojlanish darajasining ko‘rsatkichlarini tahlil qilib boradi va prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi va monitoringini yuritadi;

mavjud resurslar va imkoniyatlardan hamda xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda hududda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar va yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi  va muvofiqlashtiradi;

xizmatlar sohasini rivojlantirish va sohada aholi bandligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va zamonaviy yangi xizmat turlarini joriy qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rib boradi;

hudud iqtisodiyotida tarmoqlarning rivojlanish darajasini tahlil qilib boradi
va takliflar tayyorlaydi;

hududlar demografik jarayonlari va aholi turmush darajasini tahlil qilib boradi
va takliflar tayyorlaydi;

tuman (shahar) va mahallalar iqtisodiyoti o‘sishiga turtki beradigan soha
va yo‘nalishlarni belgilaydi va tadbirkorlikni shu sohalarda rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

  1. e)ichki iste’mol bozorini rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash
    va monitoring yuritish
    sohasida:

ichki iste’mol bozori istiqbollarini tahlil qiladi, oziq-ovqat narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi va uni amalga oshiradi;

aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini inobatga olgan holda asosiy turdagi iste’mol tovarlari va xomashyo bilan ta’minlash darajasini tahlil qilib boradi hamda takliflar ishlab chiqadi.

  1. f) budjet loyihasini tayyorlash hamda uni ko‘rib chiqish jarayonida:

tegishli budjetlarning budjet so‘rovlarini tuzish va ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqidagi tumanlar va shaharlar hokimliklarining qarorlarini olganidan keyin kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga yetkazadi;

tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan taqdim etilgan budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqadi hamda Bosh boshqarmaga qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etadi;

budjet daromadlari prognozini ishlab chiqish jarayonida mahalliy hokimiyat organlari, davlat soliq xizmati va statistika organlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi.

  1. g) budjet loyihasining qabul qilinishi, tasdiqlanishi hamda ularning shakllantirilishi va tuzilishi jarayonida:

tumanlar va shaharlar budjetlarining navbatdagi yil uchun loyihalarini tegishli xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etish uchun tumanlar
va shaharlar hokimliklariga kiritadi;

tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari va xarajatlari yoyilmasini shakllantiradi, aniqlashtiradi hamda Bosh boshqarmaga taqdim etadi;

davlat budjeti va mahalliy budjet daromadlari prognozini qonunchilikda belgilangan muddatda tegishli davlat soliq inspeksiyalariga yetkazadi;

hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hajmini yetkazadi;

hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini, shuningdek, ularga kiritilgan o‘zgarishlarni ro‘yxatga oladi.

  1. h) budjet ijrosini nazorat qilish, uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlanishi jarayonida:

moliya yili davomida qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli tumanlar
va shaharlar budjetlar parametrlariga o‘zgarishlar kiritadi;

soliqlar va yig‘imlar to‘liqligi va o‘z vaqtida kelib tushishi ustidan ularni manbalar kesimida monitoring qiladi hamda monitoring natijalari bo‘yicha tumanlar va shaharlar budjetlarining daromad bazasini kengaytirish yuzasidan tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklar va soliq idoralari bilan birgalikda takliflarni ishlab chiqadi;

tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalari shakllanganligi bo‘yicha tegishincha davlat soliq boshqarmalarining xulosalari asosida aniqlashtiradi hamda qo‘shimcha manbalar hisobidan tadbirlarga mablag‘ yo‘naltirish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosalar beradi;

aholini ommaviy axborot vositalari va tuman (shahar) hokimliklarning rasmiy veb-sayti orqali tumanlar va shaharlar tasdiqlangan budjetlari, budjet islohotlarining borishi va ularning amalga oshirilishi, tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi, shuningdek, budjet qonunchiligidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qiladi;

tumanlar va shaharlar budjetlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlar va xarajatlarini tahlil qiladi hamda tahlil natijalariga ko‘ra budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadlar va xarajatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlab, Bosh boshqarmaga taqdim etadi;

budjet tizimidagi budjet mablag‘laridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi, qat’iy iqtisod qilish, budjet mablag‘larining
talon-torojligini, maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan keng qamrovli profilaktika ishlarini olib boradi;

qonunchilikda belgilangan muddatda tegishli tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi to‘g‘risida hisobotlarni qabul qiladi, belgilangan tartibda tuzadi va Bosh boshqarmaga yuboradi hamda tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklariga xalq deputatlari tegishli tumanlar va shaharlar Kengashlariga kiritish uchun taqdim etadi.

  1. i) budjet jarayonidagi boshqa munosabatlarda:

mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli tuman (shahar) budjeti daromadlari va xarajatlari mutanosibligiga ta’sir qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.